14 avg 11:29
Yangiliklar
![](/upload/storage/43477_220.jpg)
Janjalkash Briggs Taysonning jangiga kelmoqchi
Britaniyalik bokschi 18 avgust kuni SHimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahridagi Windsor Park stadionida italiyalik 33 yoshli Franchesko Pianeta (35-4-1, 21 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Bir paytlar hamyurtimiz Ruslan CHagaevga yutqazgan Pianetta sobiq Evropa chempioni hisoblanadi.
“Menga Fyuri yoqmaydi. Vada beramanki, uni nokautga uchrataman. So'nggi paytlarda u juda ko'p gapiryapti. Agar uni ko'rib qolsam, barmoqlarini sindiraman. SHunda Tayson Tvitterda ortiq maqtana olmaydi”, - degan Briggs.
Eslatib o'tamiz, deyarli uch yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan Tayson Fyuri o'tgan oyda albaniyalik Sefer Seferini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Pianeta esa xorvatiyalik 22 yoshli Petar Milasga (12-0, 9 KO) imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar