30 iyu 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua 2019 yilda Usikka qarshi jang qilishi mumkin
WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlarida jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri birinchi og'ir vazn toifasidagi mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi jang haqida gapirdi.
"Joshuaga qarshi ko'pchilik jang qilishni istamoqda, jumladan Usik ham. U Joshuaga qarshi ringga chiqmoqchi. Biz esa buni qay tarzda tashkil qilish haqida o'ylayapmiz. Ukrainalik bokschi avval Toni Belyudan o'tib olishi lozim.
Usik - Joshua jangi aprelda o'tkazilishi mumkin. Joshuaning o'zi ham bu jangni istamoqda", - dedi promouter Eddi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar