14 sen 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua: "Povetkin 39 yoshda? Jangdan so'ng u o'zini 69 yoshdek his qiladi"
Superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua Aleksandr Povetkinni osonlik bilan mag'lub etishi haqida gapirdi.
"Men chempionman. Ammo, haliyam sparring-hamkorlarimdan ko'p narsa o'rganyapman. Ular juda istedodli sportchilar. Biroq ular istalgan vaqt ringni tark etish imkoniyati bor. Povetkin esa men bilan oxirigacha jang qilishi lozim bo'ladi. Ko'ramiz, u turib bera olarmikin.
Povetkin 39 yoshda? Jang yakunlangach u o'zini 69 yoshdagidek his qiladi", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Povetkin o'rtasidagi jang 22 sentyabr kuni Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi. O'sha kuni hamyurtimiz SHahram G'iyosov ham ringga ko'tarilishi ko'zda tutilgan.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar