21 iyu 11:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/42333_220.jpg)
Joshua: "Povetkin raqibni qanday qilib nokaut qilishni biladi"
"Agar biz uning Praysga qarshi jangini yodga oladigan bo'lsak, Povetkin raqibni qanday nokautga uchratishni bilishini ko'rishimiz mumkin. Uning chap qo'lda yondan beradigan zabrasi ajoyib. SHuningdek, chap qo'lda yo'llaydigan xuklari ham kuchli. O'sha jangda u raqibni qanday qilib nokakutga uchratishni bilishini ko'rsatdi. O'sha kuni men ham Parkerga qarshi ringga chiqdim va 12 raund jang qila olishimni isbotladim.
Povetkinni mag'lub etish uchun nima qilishim kerak? SHunchaki o'zimga bo'lgan ishonchni kamaytirmayman. Men boks tushishni bilaman va albatta g'alaba qozona olaman"- deydi Joshua Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz Povetkin va Joshua o'rtasidagi jang 22 sentyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Fikrlar