20 iyu 10:43
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42301_220.jpg)
Joshua - Povetkin: “Uembli”da matbuot anjumani o'tkazildi
London shahridagi muhtasham “Uembli” stadionida 22 sentyabr kuniga belgilangan boks kechasi oldidan ilk matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik davogar bokschi Aleksandr Povetkin (34-1, 24KO) WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua (21-0, 20 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Bo'lajak jang oldidan aynan markaziy jang ishtirokchilari “Uembli” stadionida o'zaro to'qnash kelishdi va ilk matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Povetkin o'zi uchun taqdim etilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishini aytgan bo'lsa, Joshua muddatidan avval g'alaba qozonishini takidladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar