31 iyu 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: "Povetkinga etibor bermayapman, menga katta jang kerak"
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua Aleksandr Povetkinni mensimayapti.
"Men va Uaylder o'rtasidagi jang bizning vaznimizdagi eng zo'ri bo'ladi. U bilan muzokaralar davom etmoqda. Agar to'qnashuv amalga oshmaydigan bo'lsa bundan juda hafa bo'laman. Menga katta jang kerak. Povetkinga etibor berayotganim yo'q. Undan osonlik bilan o'tib olaman. Menga kuchliroq raqiblar kerak", - dedi britaniyalik bokschi.
Eslatib o'tamiz, Joshua 22 sentyabr kuni "Uembli" stadionida Aleksandr Povetkinga qarshi himoya jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar