19 iyu 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42236_220.jpg)
Joshua Uaylderga qarshi jangga o'z imzosi bilan rozilik berdi
Superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Entoni Joshua WBC chempioni Deontey Uaylder bilan jang shartnomasiga imzo chekdi.
Bu haqda britaniyalik jahon chempioni Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida xabar berdi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi kelasi yilning 13 aprel kuni Londondagi “Uembli” stadionida o'tkaziladi. Endi faqat amerikalik bokschining shartnomaga o'z imzosini qo'yishi qoldi, xolos.
“Men jang sanasi uchun stadionni “bron” qildirdim va shartnomaga imzo chekdim. Endi hamma gap Uaylderning o'zida qoldi. Deontey shartnomaga imzo qo'ygan kuni birlashtiruvchi chempionlik jangining o'tkazilishi rasman elon qilinadi”, - dedi Joshua.
Eslatib shhtamiz, Entoni Joshua 22 sentyabr kuni aynan “Uembli” stadionida WBA chempionlik kamarini rasmiy davogar rossiyalik Aleksandr Povetkindan himoya qiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar