08 avg 16:37
Yangiliklar
Karlos Prates: "Keyingi jangda o'sha lanati kamarini tortib olaman"
"Sizlarning ko'pchiligingiz, Bredi, Medich va yarim o'rta vazndagi boshqa jangchilar mening nomimni tilga oldingiz. Xotirjam bo'linglar, birodarlar. Keyingi jangda men o'sha lanati kamarini tortib olaman. SHundan so'ng, barchangiz bilan hisob-kitob qilib, to'g'ri "Og'riqlar qirolligi"ga jo'natib yuboraman. Tayyor turinglar!", — deya Pratesning so'zlarini keltiradi MMA Junkie.
Takidlash joiz, Karlos so'nggi 15 ta jangidan 14 tasida g'alaba qozongan, faqat o'tgan yilning aprel oyida irlandiyalik Yen Gerri Machadoga imkoniyatni boy bergan. 2026 yil 2 may kuni esa UFC sobiq chempioni Jek Della Maddalena ustidan muddatidan avval g'alaba qozongan edi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempion Islam Maxachev, agar Prates 16 avgust kuni Filadelfiyada Gerri bilan bo'ladigan titul jangida g'alaba qozonsa, u bilan oktagonda uchrashishga tayyorligini bildirib o'tdi.

Fikrlar