29 iyu 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko yana Joshua bilan birga ringga chiqadi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko yana britaniyalik uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua bilan birga ringga ko'tariladi.
Bu safar ukrainalik faxriy bokschi WBA Super, WBO, IBF, IBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Joshuaga rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko'rishi uchun yordam beradi.
Malumot uchun, Joshua 22 sentyabr kuni Londondagi “Uembli” stadionida Aleksandr Povetkinga qarshi ringga chiqadi va chempionlik kamarlarini himoya qilishi kerak bo'ladi. Klichko 2013 yili aynan Povetkinni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Eslatib o'tamiz, Klichko va Joshua 2017 yilning 29 aprul kuni “Uembli”da o'zaro to'qnash kelishgan va o'sha dramatik kechgan jangda britaniyalik bokschi nomdor raqibini 11-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar