04 avg 11:58
Yangiliklar
Kovalev va Alvares taroziga chiqishdi, ertaga chempionlik jangi
Oqshomning markaziy jangida o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida shug'ullanayotgan Sergey Kovalyov (32-2-1, 28KO) o'ziga tegishli bo'lgan yarim og'ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini himoya qiladi.
Rossiyalik 35 yoshli chempion mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kolumbiyalik 34 yoshli Eleyder Alvares (23-0, 11KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun odatga ko'ra bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
Har ikki bokschi ham belgilangani vazn 175 funt (79,4 kg) meyorini muvaffaqiyatli bajarishdi. Kovalev — 174 funt (78,9 kg), Alvares esa — 174,4 funt (79,1 kg) tosh bosdi.
Kechaning yana bir qiziqarli jangida yarim og'ir vaznda WBA chempioni rossiyalik 27 yoshli Dmitriy Bivol (13-0, 11KO) malaviylik 31 yoshli Ayzek CHilemba (25-5-2, 10KO) bilan to'qnash keladi. Bivolning vazni 174,6 funt (79,2 kg), CHilembaning og'irligi esa 175 funt (79,4 kg) ekani malum bo'ldi.
Fikrlar