05 avg 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43042_220.jpg)
Kovalyov – Alvares. Sergey nokautiga qadar ko'proq zarba bergan ekan
Xabar berganimizdek, bugun rossiyalik bokschi yarim og'ir vazn toifasida endilikda sobiq WBO chempioni kolumbiyalik Eleyder Alvaresga nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Etiborga molik jihati shundaki, hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov qo'l ostida shug'ullanayotgan Kovalyov nokaut bo'lguniga qadar raqibiga ko'proq zarba bergan ekan. Rossiyalik bokschi – 339, Alvares esa 251ta zarba bergan.
Lekin aniq zarbalar soni Eleyderda ko'proq - 91ta (26,8%). Kovalyov esa 73ta aniq zarba yo'lladi (29,1%).
SHuningdek, tahlilchilar hisob-kitobiga ko'ra Kovalyovning 188ta zarbasi kuchga ega bo'lib, shulardan 62tasi (33%) nishonga aniq tekkan. Alvaresda bu ko'rsatkich quyidagicha: 131 kuch bilan zarba, 43tasi aniq (32,8%).
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar