20 iyu 14:24
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42315_220.jpg)
Kovalyov faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
WBO yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Sergey Kovalyov faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi.
"O'zimni qariya deb hisoblayotganim yo'q. 35 yoshdaman. Ammo, bu shunchaki raqamlar. Xudo menga shu yoshimda ham mana shunday saviyada jang qilish imkoniyatini berdi. Umid qilamanki, to'rtta chempionlik kamarini qo'lga kiritmagunimcha jang qilaveraman. Bu mening eng asosiy maqsadim. SHunga erishganimda faoliyatimni yakunlayman", - dedi Kovalyov.
Havola :
Manba : Boxingtalk
Fikrlar