07 avg 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Kovalyov faoliyatini yakunlamaydi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov Eleyder Alvaresdan uchralgan mag'lubiyat sabab faoliyatini yakunlamoqchi emas.
"Birinchi navbatda qo'llab-quvvatlayotganliklari uchun muxlislarimga minnatdorchilik bildiraman. Bu ular mening faoliyatimga befarq emasliklarini ko'rsatadi. Ishonch bilan aytishim mumkinki, faoliyatimni yakunlamoqchi emasman. Ikki oy dam olaman va yangi kuch bilan navbatdagi jangga tayyorgarlik ko'raman.
Alvares bilan revansh bo'ladi. Men albatta ushbu kamarni qaytib olaman", - dedi Kovalyov.
Eslatib o'tamiz, Kovalyov o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida mashg'ulotlar olib boradi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar