06 avg 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43107_220.jpg)
Kovalyovga revansh haqida o'ylab ko'rish uchun 60 kun muhlat berildi
Rossiyalik Sergey Kovalyov hamda kolumbiyalik Eleyder Alvares o'rtasidagi jang shartnomasining revansh haqidagi bandi bo'yicha shartlar malum qilindi.
Unga ko'ra, sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov revansh jangi yuzasidan o'z qarorini 60 kun ichida aytishi kerak. SHartnomada aynan shunday band bor. Agar rossiyalik bokschi rozilik bersa, revansh jangi 2018 yilning dekabridan avval bo'lmagan muddatda Kanadada o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, kecha hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov murabbiyligi ostida shug'ullanib kelayotgan Sergey Kovalyov chempionlik jangining ettinchi raundida nokautga uchrab, kamarini raqibiga boy berib qo'ygan edi. Ushbu mag'lubiyatda Tursunpo'latov aybni o'z zimmasiga ham olgandi.
Havola :
Fikrlar