16 avg 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kroufordning qachon ringga chiqishi malum bo'ldi
Vazn toifasidan qatiy nazar, dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri, yarim o'rta vaznda WBO chempioni Terens Krouford o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Amerikalik bokschi 13 oktyabr kuni o'zi tug'ilib o'sgan Nebraska shtatining Omaxa shahrida ringga ko'tariladi. Bu malumotni chempionning promouteri Bob Arum ham tasdiqladi.
Katta ehtimol bilan Kroufordning raqibi Xose Benavidis bo'ladi. Arum o'z o'rnida Xosening ham promouteri hisoblanadi. Lekin uning o'zi hozircha ikki mijozi o'rtasida jang tashkil etilishini tasdiqlamadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar