02 avg 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Kudryashov 15 sentyabr kuni Kemerovoda jang o'tkazadi
Butunjahon boks Superseriyasi (WBSS)ning ilk mavsumi ishtirokchisi, jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar Dmitriy Kudryashov (21-2, 21KO) navbatdagi jangini o'z vatanida o'tkazadi.
Rossiyalik 32 yoshli bokschi 15 sentyabr kuni Kemerovo shahridagi GCS “Kuzbass” arenasida ruminiyalik 33 yoshli Aleksandr Jur (17-1, 7KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Kudryashov bo'lajak jangiga tayyorgarlikni murabbiy Andrey Ivichuk qo'l ostida olib boryapti. “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi ushbu boks oqshomining bosh tashkilotchisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar