16 sen 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Kudryashov Jurani 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Rossiyaning Kemerovo shahridagi “Kuzbass” sport arenasida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar rossiyalik 32 yoshli Dmitriy Kudryashov ruminiyalik 33 yoshli Aleksandr Juraga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Kudryashov birinchi raunddayoq chap qo'lda yo'llagan kuchli aylana zarbasi evaziga raqibini muvozanatdan chiqardi. Keyingi zarbalardan keyin esa Jura nokdaun holatiga tushib qoldi. Referi esa jangni davom ettirishdan mano yo'qligini bildirdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar