So’nggi yangiliklar

15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0

25 noy 16:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Las-Vegas boks oqshomining barcha janglari tarozi natijalari bitta xabarda

Xabaringiz bor, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.

Bokschilar ananaga ko'ra jang oldidan tarozidan o'tish va face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangida ikkinchi o'rta vaznda vaqtinchalik WBC chempioni Devid Benavides ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Demetrius Andreydga qarshi ringga ko'tariladi. Benavides 75,75 kg, Andreyd esa 75,98 kg vazn qayd etdi. 

O'rta vaznda WBC chempioni Jermall CHarlo kichik Xose Benavidesga qarshi ringga chiqadi. Ammo bu jang chempionlik maqomida bo'lmaydi. Balki shundan bo'lsa kerak, CHarlo jangga engilroq qaradi va buning natijasida belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Jermall deyarli 2 kg ortiqcha vaznga ega ekani malum bo'ldi. U 75,52 kg, Benavides esa 73,37 kg tosh bosdi. Bu vazn limiti 73,94 kg edi. SHunga qaramay, jang o'tkaziladi. CHarlo vazn qila olmaganini tayyorgarlik uchun bor yo'g'i uch hafta bo'lgani bilan izohladi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, Las-Vegasdagi boks oqshomida hamyurtimiz SHohjahon Ergashev birinchi yarim o'rta vaznda IBF chempioni Sabriel Matiasga qarshi jang o'tkazadi. Kamar uchun majburiy davogar SHohjahon ham, uning puerto-rikolik raqibi ham bir xil vazn ko'rsatishdi - 63,39 kg.

Birinchi engil vaznda WBA chempioni Ektor Garsiya o'z kamarini majburiy davogar Lamont Rouchdan himoya qiladi. Ikkala bokschi ham bir xilda vaznga ega ekanini oydinlashdi - 58,74 kg.

Birinchi yarim o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Sergey Lipinec 63,23 kg, uning raqibi Maykl Rivera 62,96 kg vazn ko'rsatdi.

SHuningdek, ertangi boks kechasida birinchi engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempionlik kamari uchun davogarlar jangi bo'lib o'tadi. Unda tojikistonlik Muhammad Yoqubov va Pablo Visente o'zaro ringda to'qnash kelishadi. Bokschilarning ikkalasi ham 58,88 kg tosh bosishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing