30 iyu 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41164_220.jpg)
Lennoks Lyuis: “Superog'ir vaznga quruq gap emas, jang kerak”
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Lennoks Lyuis o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarining birida bugungi kun og'ir vaznli bokschilariga munosabat bildirdi.
Britaniyalik afsonasning so'zlariga qaraganda, bugungi superog'ir vazn toifasida quruq gap-so'zlardan iborat bo'lib qolgan.
“Bilasimi, men jahon chempion bo'lgan chog'larimda eng kuchlilar bilan jang qilishga intilardim. Bu bilan butun dunyoga superog'ir vaznda qirol kim ekanligini isbotlashni maqsad qilgandim.
Afsuski, Entoni Joshua va Deontey Uaylder haqida hozircha bunday fikr bildira olmayman. Ikki yildan beri ular o'zaro jang o'tkazish bo'yicha bir qarorga kela olishmayapti. Aftidan, og'ir vazn toifasi quruq safsatadan iborat bo'lib qolibdi”, — dedi Lyuis.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar