26 may 16:26
Yangiliklar
Lomachenkoning 25 avgustga mo'ljallangan jangi o'tkazilmaydi
Bu qarorini u faoliyatini 61,2 kg vazn toifasida davom ettirishi bilan izohlagan edi. Lomachenko 12 may kuni Nyu-Yorkda endilikda sobiq WBA chempioni venesuelalik Xorxe Linares (44-4, 27 KO)ni nokautga uchratib, yangi vazn toifasi chempioniga aylangandi.
Bokschining promouteri Bob Arum o'sha jangdan keyingi matbuot anjumanida Lomachenkoning keyingi jangi 25 avgust kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida WBO chempioni, meksikalik faxriy Raymundo Beltran (35-7-1, 21 KO)ga qashi o'tkazilishini anons sifatida aytgandi.
“Lomachenko 25 avgust kuni ringga chiqmaydi. Lekin katta ehtimol bilan u baribir birlashtiruvchi chempionlik jangida Beltran bilan to'qnash keladi. Linaresga qarshi kechgan jangdan so'ng Vasiliy Ukrainaga jo'nab ketdi. Tez orada yana AQSHga qaytadi va biz uning menejeri Egis Klimas bilan birga Lomachenkoning keyingi jangi sanasi va raqibi masalasida kelishib olamiz”, — dedi Arum.
Malumot uchun, Lomachenko voz kechgan WBO chempionlik kamari uchun jang 28 iyun kuni AQSHning Florida shtati Kissimmi shahrida puertorikolik Kristofer Dias (23-0, 15 KO) hamda yaponiyalik Masayuki Ito (23-1-1, 12 KO) o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar