29 iyu 16:44
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42726_220.jpg)
Luis Ortis ikkinchi raundda masalani hal qildi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar Luis Ortis navbatdagi jangini o'tkazdi.
Kubalik bokschi AQSHning Los-Anjeles shahrida ruminiyalik Razvan Kojanuga qarshi ringga ko'tarildi. Amerikaning Showtime telekanali translyaciya qilgan ushbu jangda 39 yoshli Ortis raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.
Xabar berganimizdek, ushbu boks oqshomining markaziy bahsi birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'lib, unda engil vazn toifasida WBC chempioni Mayki Garsiya IBF chempionlik kamari sohibi Robert Isterni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar