07 noy 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Madiyar Saidrahimov: "Imkoniyat berilishini uzoq kutdim"
Xabaringiz bor, charm qo'lqop ustamiz Madiyar Saidrahimov Serbiyada yakuniga etgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Taqdirlash marosimidan so'ng bokschimiz Instagram sahifasiga post joyladi.
"Bugun juda ham xursandman. Bo'ynimda jahon chempionatining bronza medali turibdi. O'zimga imkoniyat berilishini uzoq vaqt kutdim va bundan foydalana oldim deb o'ylayman.
Menga ishonganlari uchun O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyatiga, murabbiylarimga, shuningdek sport vazirligi va Olimpiya qo'mitasiga ham minnatdorchilik bildiraman. Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Insha Alloh, keyingi medal - oltin bo'ladi!" - deya o'z so'ziga yakun yasagan Saidrahimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar