14 iyu 07:20
Yangiliklar
Madrimovga raqiblik qilishi mumkin bo'lgan Jermell CHarlo Czyu bilan kelishib oldi
Bu haqida Boxing Scene nashri xabar bermoqda. Avvalroq, Czyu davogarlik qiluvchi Butunjahon boks tashkiloti (WBO) har ikki tomonni 20 iyungacha jang uchun o'zaro kelishib olishga chaqirgan edi.
Malumot uchun, 32 yoshli CHarlo so'nggi jangini may oyida argentinalik Brayan Kastanoga qarshi o'tkazib, raqibini 10-raundda nokautga uchratgan edi. Ushbu jang orqali CHarlo WBC, WBA, IBF va WBO kamarlarini birlashtirgandi. Kastano uchun esa bu faoliyatidagi ilk mag'lubiyat edi.
27 yoshli Czyu esa so'nggi bor mart oyida Terrella Gushga qarshi ringga ko'tarilib, ochkolar evaziga g'alaba qozongan.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Isroil Madrimov ham hozirda ushbu vaznda harakat qilyapti. Agar revansh jangida Madrimov Soroni mag'lub etsa, Jermell CHarloning WBA kamariga majburiy davogarga aylanadi.
Yaqindagina uning Mishel Soroga qarshi revansh jangi rasman tasdiqlangani, ushbu jang yulduzlar ishtirokidagi karddan o'rin olgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar