05 noy 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Pragada mashg'ulotlarni boshladi + FOTO
UFC promoushenidagi birinchi jangchimiz O'zbekistonda o'tkazgan bir necha kunlik tatilni yakunlab, yana CHexiyaga qaytib ketdi.
"Pragaga qaytib, jangga tayyorgarlikni boshladik. Raqibim, jang sanasi va manzilini aytishlarini kutyapmiz. Kuningiz yaxshi o'tsin, sport bilan shug'ullanib, sog'lom turmush tarzini olib boring. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat", - deydi Mahmud Muradov.
Eslatib o'tamiz, Muradov 29 avgust kuni Las-Vegasda o'tgan UFC Vegas 35 turnirining asosiy kardida Jerald Mirshertga qarshi oktagonga ko'tarilgandi. Ushbu jangning ikkinchi raundida Mirshert Muradovni bo'g'ib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar