16 iyu 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregorning sudi 1,5 daqiqa davom etdi, ish 26 iyulda qayta ko'rib chiqiladi
Aralash qoidalar bo'yicha sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning sud jarayoni bor yo'g'i bir yarim daqiqa davom etdi.
Ilk sud jarayonida hech qanday hukm o'qilmadi. Navbatdagi sud 26 iyul kuni o'tkaziladi. Sud zalidan chiqishda Makgregor shunday fikr bildirdi:
“Qilmishim va xatti-harakatlarimdan afsusdaman. Sud ishini jiddiy qabul qilyapman va o'ylaymanki, hammasi men uchun ijobiy yakun topadi. Hammaga rahmat”.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovning AQSHdagi jangi arafasida o'sha oqshom ishtirokchilari joylashgan avtobusga hujum uyushtirgan va buning natijasida sportchilarning bir necha nafari jarohat olgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar