01 avg 11:14
Yangiliklar
Masvidal Maxachev - Gerri jangiga o'z taxminini aytdi
Xorxening fikricha, Islam UFC chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qiladi va Yen Machado Gerrini bo'g'ish usuli bilan taslim etadi.
"Menimcha, Islam Gerrini hushidan ketguncha bo'g'adi. Men aynan shuni kutmoqdaman — Maxachev chiqib, uning bo'ynidan oladi va: "Bo'ldi, shirin tushlar", deydi. Agar bu boks bo'yicha jang bo'lganida, men yuz foiz Yen Gerrining g'alabasiga tikkan bo'lardim. O'ylaymanki, u beshta jangdan uchtasini, balki to'rttasini yutgan bo'lardi. Boksda men Maxachevga deyarli imkoniyat bermagan bo'lardim. Ammo bu greppling (kurash) bo'yicha jang bo'lsa, men bor pulimni Maxachev har safar sabmishn (bo'g'ish yoki og'ritish usuli) bilan g'alaba qozonishiga tikkan bo'lardim", — dedi amerikalik jangchi Paramount nashriga bergan intervyusida.
Rossiyalik va irlandiyalik jangchilar o'rtasidagi yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi 16 avgust kuni tong saharda Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining markaziy voqeasi bo'ladi. Bu jang Islam uchun ushbu vazn toifasidagi ilk chempionlik himoyasi hisoblanadi.

Fikrlar