29 iyu 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42720_220.jpg)
Mayki Garsiya birlashtiruvchi chempionlik jangida g'olib bo'ldi
Professional boksning engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Mayki Garsiya o'z unvonini himoya qildi.
Garsiya birlashtiruvchi chempionlik jangida IBF chempioni Robert Isterga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundlik jang yakunlariga ko'ra Garsiya chempion raqibini 116-111, 117-110 va 118-108 hisobida mag'lub etdi.
Uchinchi raundda Mayki Isterni nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi. Bu bilan Garsiya WBC va IBF chempionlik kamarlarini o'zida birlashtirdi. Endi Mayki WBA chempioni Vasiliy Lomachenko bilan jang qilishni rejalashtiryapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar