20 sen 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45406_220.jpg)
Meyvezer Pakyaoga qarshi uchrashuv oldidan Tokioda jang qilmoqchi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Menni Pakyaoga qarshi revansh oldidan Tokioda jang o'tkazmoqchi.
Hozircha raqib nomi va jang sanasi nomalum. Katta ehtimol bilan u 31 dekabr kuni ringga qaytadi. Floyd mahalliy muxlislarni qiziqtirish va Osiyo hududida tijoriy loyihalarni amalga oshirish uchun Yaponiyada jang qilmoqchi.
Meyvezerning o'sha kungi raqibi nafaqat boks, balki kikbokschi yoki MMAchi ham bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Pakyao va Meyvezer o'rtasidagi jang 2015 yilning may oyida o'tkazilgan va yakunda Floyd hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar