03 avg 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer Pakyaoning revansh haqidagi savoliga javob berdi
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, faoliyatini engilmas bokschi sifatida yakunlagan Floyd Meyvezer Menni Pakyaoga javob qaytardi.
Filippinlik bokschi bir necha kun avval Meyvezerni revansh jangiga chorlagan edi. Bu ikki bokchining ilk jangi 2015 yilda o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Meyvezer ochkolar hisobiga ko'ra bahsli g'alabani qo'lga kiritgan edi.
“Men Pakyaoni bildirgan taklifi uchun tanqid qilmoqchi emasman. U fikr bildirishga haqli. Agar u hamon ringga chiqish va pul ishlash ilinjida bo'lsa, men unga promouter sifatida yaxshigina mablag' keltiradigan jang tashkil qilib beraman. Men Menni Pakyaoning Mayki Garsiyaga qarshi jangini nazarda tutyapman”, - dedi Meyvezer.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar