15 sen 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer yil oxirigacha Pakyaoga qarshi ringga ko'tariladi
Faoliyatini engilmas bokschi sifatida yakunlagan Floyd Meyvezer sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga revansh jangi imkoniyatini taqdim etadi.
"Men qaytyapman! Maqsad aniq - Menni Pakyao! Men unga revansh olishi uchun imkoniyat beraman. Agar istasa jang shu yilning o'zidayoq o'tkaziladi. Menimcha, bir kunga 9 xonali gonorar yomon emas", - dedi Meyvezer o'zining Instagramdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer va Pakkyao o'rtasidagi ilk jang 2015 yilning 2 may kuni Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida o'tkazilib, amerikalik bokschining g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar