01 iyu 11:47
Yangiliklar
Futbol
Mourino finaldan keyin: "Hakam ispaniyalik ekan"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Sevilya"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z noroziligini bildirib o'tdi.
"Biz o'lar darajada charchadik, ammo o'zimizdan g'ururlanamiz.
Bu yorqin, kurashlarga boy, erkaklarga xos futbol bo'ldi. O'yinni boshqargan hakam Entoni Teylor ispaniyalik bo'lib chiqdi. U muntazam ravishda sariq kartochkalar berdi.
Adolatsizlik shundan iborat bo'ldiki, Lamela ham ikkinchi sariq kartochkani olishi kerak edi. Ammo unga sariq ko'rsatilmadi. Keyinroq esa u penaltilar seriyasida gol urdi", - dedi Mourino.
Havola :
Manba : Sky Sport Italia
Fikrlar