23 iyu 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Murat Gassiev: “SHubhasiz, Usik jangni “toza” yutdi”
Endilikda sobiq jahon chempioni Murat Gassiev kuni kecha o'tkazilgan birlashtiruvchi chempionlik jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Rossiyalik bokschi Butunjahon boks Superseriyasining Moskvada o'tgan finalida ukrainalik Aleksandr Usikka ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
G'alaba qozongan Usik esa WBA, WBC, WBO va IBF kamarlarini qo'lga kiritib, birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo'lgan ilk bokschiga aylandi.
“Tan olaman, Usik bu jangda halol, “toza” g'alabani qo'lga kiritdi. Men xatolarimni tushunib etdim va bu kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlayman. Sashani esa tarixiy g'alaba bilan tabriklayman”, - dedi Gassiev.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar