11 iyu 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Murata 20 oktyabr kuni chempionlik kamarini himoya qiladi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBA (Regular) chempionlik kamari sohibi Rioto Murata o'z titulini 20 oktyabr kuni himoya qiladi.
Yaponiyalik bokschining chempionlik jangi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Bu malumotni amerikalik mashhur promouter Bob Arum ham tasdiqladi. Arum ushbu jangning tashkilotchilaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq, Bob Arum Murata hamda o'z mijozi braziliyalik Eskiva Falkao o'rtasida o'ziga xos revansh jangi tashkil qilishni rejalashtirgan edi. Falkao London-2012 Olimpiadasining finalida aynan yaponiyalik bokschiga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar