15 iyu 09:54
Yangiliklar
Murodjon “Kaka” Ahmadaliev ham ringga chiqdi
Hamyurtimiz argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga ko'tarildi. Olti raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Unda hakamlar bir ovozdan Murodjonning g'alabasini taminlashdi.
Malumot uchun, Molina professional ringdagi faoliyati davomida bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda, 13ta jang o'tkazdi. SHularning 7tasida raqiblarini mag'lub etgan (2tasida nokaut evaziga). Bugun Luis beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bitta jangda durang natija qayd etilgan.
Murodjon “Kaka” Ahmadaliev esa prof boksda bugungisi bilan hisoblaganda uchta jang o'tkazib, ularning uchchalasida ham zafar quchgan. Ikkita jangida raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Fikrlar