25 mar 13:02
Yangiliklar
Mustaqil O'zbekistonning ilk Olimpiada chempioni Lina CHeryazova vafot etganiga 1 yil to'ldi
U 2019 yili Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'zining 51 yoshida olamdan o'tgandi.
CHeryazova 1994 yili Lillixammerda o'tkazilgan Olimpiadaning fristayl bahslarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan edi. Lina qo'lga kiritgan oltin medal o'zbek sportida hozirgacha yagonaligicha qolmoqda.
Bundan tashqari, Lina CHeryazova 1993 yili jahon chempioni ham bo'lgan. 1990 va 1991 yillarda sobiq SSSR chempioniga aylangan. U uch yildan beri buyrak kasalidan aziyat chekib kelayotgandi. Lina 1999 yilda onasi tug'ilgan Novosibirsk shahriga ko'chib o'tgandi.
Lina CHeryazova O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.
CHeryazovaning xotirasi qalbimizda abadiy qoladi.
Lina CHeryazovaga oltin medal taqdim etgan "salto"
Fikrlar