23 iyu 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42396_220.jpg)
Mutloq jahon chempioni Muhammad Ali Kubogini qo'lga kiritdi
Xabar berganimizdek, ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Moskvada bo'lib o'tgan boks oqshomida mutloq jahon chempioniga aylangandi.
Usik professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida to'rtta asosiy chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirgan birinchi bokschiga aylandi. Ikki vazn toifasida chempion bo'lib turgan Usik qolgan ikki yo'nalish chempioni rossiyalik Murat Gassievdan kamarlarni tortib oldi.
Butunjahon boks Superseriyasining final jangida ukrainalik bokschi 12 raund yakunlariga ko'ra ring egasini 120-108, 119-109 va 119-109 hisoblarida mag'lub etdi. Ushbu g'alaba Usikka chempionlik kamarlaridan tashqari Muhammad Ali Kubogini ham taqdim etdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar