24 iyu 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Mutloq jahon chempioni superog'ir vaznga ko'tarilmoqchi, ilk raqib ham deyarli malum
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempionligini qo'lga kiritgan Aleksandr Usik superog'ir vaznga ko'tarilish istagi borligini malum qildi.
Ukrainalik bokschi bu rejasini shu yilning o'zidayoq amalga oshirishni maqsad qilgan. Usik oktyabr yoki noyabr oyida superog'ir vazn toifasidagi debyut jangini o'tkazmoqchi. Katta ehtimol bilan ilk raqib britaniyalik Toni Belyu bo'ladi.
Bu malumotni Belyuning promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi. Usik rossiyalik Murat Gassievga qarshi o'tkazgan birlashtiruvchi chempionlik jangi yakunlanishi bilanoq Belyuni jangga chorlagan. Ukrainalik bokschini superog'ir vazn toifasining oltita raqamli gonorarlari qiziqtirib qolgan.
Havola :
Fikrlar