29 apr 16:38
Yangiliklar
Futbol
"Napoli" himoyachisi yozda Koreyaga qaytib, harbiy tayyorgarlik o'taydi
"Napoli" himoyachisi Kim Min Je Koreyadagi majburiy harbiy xizmatini yakunlaydi.
Bu haqda "TuttoNapoli" nashri xabar bermoqda.
O'yinchi 2023 yil iyun va iyul oylari orasida uch haftalik xizmatni bajarishi kerak. Avvalroq futbolchi 2018 yilgi Osiyo chempionatida g'olib chiqqanidan keyin to'liq harbiy xizmatdan ozod qilingandi.
Ilgari "Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min 2020 yilda xuddi shunday xizmatni bajargan edi.
Kim Min Je joriy mavsum "Napoli" safida 40 ta o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi hamda 2 ta golli pas uzatdi.
Havola :
Fikrlar