So’nggi yangiliklar

07:00Гап йўқ! Муроджон Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун қанча гонорар олиши маълум бўлди 0 01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0

27 apr 13:39
Yangiliklar

Futbol

"Navbahor" Kanchelskisdan qarzini uzdi

OFK nazorati ostida o'tadigan licenziyalash jarayoni yakuniga yaqinlashdi.

Uning eng muhim mezonlaridan biri — klubning amaldagi yoki sobiq futbolchi hamda murabbiylaridan qarzdorligi bo'lmasligidir.

FIFA Futbolchilar maqomi va o'tishi qo'mitasi 2021 yilning 25 avgust kuni "Navbahor" futbol klubi va uning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan va rossiyalik mutaxassis davosini qisman qondirib, "Navbahor" futbol klubi sobiq bosh murabbiyiga to'lov amalga oshirishi lozimligini belgilangan edi. 

SHuningdek, yana bir sobiq murabbiy Aleksey Belenkov bo'yicha ham nizoli vaziyat mavjud edi. Keyinroq futbol klubi va ikki mutaxassis o'rtasida tinchlik bitimi imzolanib, qarzdorlik kelishilgan muddatlar oralig'ida bo'lib to'lanishiga kelishildi.

Kuni kecha "Navbahor" Kanchelskis bilan to'liq hisob-kitob qildi. Avvalroq Belenkovdan qolib kelayotgan qarzdorlik bartaraf etib bo'lingandi. SHu tariqa, Andrey Kanchelskis to'lovning yakuniy qismini qabul qilib olganini yozma ravishda tasdiqladi. "Navbahor" esa rossiyalik sobiq murabbiylari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to'liq bajardi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing