11 okt 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Dias UFC 230 turnirida jang o'tkazmaydigan bo'ldi
Aralash qoidalar bo'yicha o'tkazilishi kutilayotgan UFC 230 turniri birin-ketin yo'qotishlarga uchramoqda.
Bir muddat avval Dastin Porening jarohat sabab musobaqada jang o'tkaza olmasligi malum bo'lgan edi. Endi esa tashkilotchilar Neyt Diasning ham turnirda qatnashmasligini malum qilishdi.
Dias 3 noyabr kuniga belgilangan UFC 230 turniri tashkilotchilaridan o'zi uchun raqib topib berishlarini so'rab murojaat qilgandi. Lekin oradan bir necha kun o'tib Neyt turnirga bir oydan kam vaqt qolgani uchun raqib topilmadi, degan javobni oldi.
“Dias turnir doirasida jang o'tkazmaydi”, - deya UFC prezidenti Dana Uaytning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Los Angeles Times nashri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar