02 okt 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz boksdagi ilk jangini o'ta tajribali bokschiga qarshi o'tkazishi mumkin + FOTO
Amerikalik prof bokschi Adrien Broner UFC'dagi faoliyatini yakunlagan Neyt Diazni jangga chorladi.
Adrien Broner ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali yaqindagina UFC'dagi faoliyatini yakunlagan Neyt Diazni boks jangiga chorladi.
"Boksga kelsang, sen izlagan hamma narsani beraman", - deya Diazga murojaat qilgan Broner.
Adrien Broner prof ringda o'ttiz to'qqizta jang o'tkazib, ularning o'ttiz to'rttasida g'alaba qozongan, to'rttasida mag'lub bo'lgan. Yana bir jang esa durang bilan yakunlangan. Faoliyatidagi so'nggi mag'lubiyatini Menni Pakyaodan qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : twitter.com/MichaelBensonn
Fikrlar