26 may 11:58
Yangiliklar
Futbol
Nomalum shaxslar Klyuvertning uyiga bostirib kirib, uning qiz o'rtog'ini kaltaklashdi, 200 ming evrolik qimmatbaho buyumlar o'g'irlab ketildi
Bosqinchilar 200 ming evro miqdoridagi qimmatbaho buyumlarni ham o'marib ketishgan.
"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Jastin Klyuvertning uyiga nomalum shaxslar bostirib kirgan. Jinoyatchilar Klyuvertning qiz o'rtog'ini kaltaklab, uydan qiymati 200 ming evro miqdoridagi qimmatbaho buyumlarni o'g'irlab ketishgan.
Bu holat Klyuvertning qiz do'sti o'z itini sayr qildirib, uyga qaytganda sodir bo'lgan. Ular qizni kaltaklashgan va qimmatbaho buyumlar qaerda turganini bilib olishgan.
Policiya malumotlariga ko'ra, bu voqea 5 daqiqa ichida sodir bo'lgan. Qizning jarohatlari jiddiy emas, ammo u hozirda shok holatida. Jastin Klyuvert esa Malorka shahrida "Malorka" jamoasiga qarshi o'yinga tayyorlanayotgan bo'lgan.
Havola :
Fikrlar