05 iyu 23:56
Yangiliklar
Boks/MMA
One FC promoushenida ilk jangini o'tkazgan sportchimiz Toshkentga qaytdi + FOTOREPORTAJ
Aralash yakkakurash ustamiz Jasur Mirzamuhammedov One FC promousheni doirasida o'zining ilk jangini o'tkazgan edi.
Singapurda tashkil etilgan turnirda mashhur promoushendagi ilk o'zbekistonlik jangchi Jasur Mirzamuhammedov avstraliyalik Dyuk Didega qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Bugun kechki soat 19:00da aralash yakkakurash ustamiz murabbiyi Jasur Alijonov bilan birga yurtimizga qaytib keldi. Ularni Sportni rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov boshchiligidagi keng sport jamoatchiligi kutib oldi. Kutib oluvchilar orasida saytimiz ijodkorlari ham bor edi.
Sarvinoz Rahmonqulova, Muxtasar Umarova va Botirbek Toshkent xalqaro aeroportidan
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar