13 fev 08:47
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Oq Olimpiadadagi yagona vakilimiz ilk ishtirokini yakunladi
Nihoyat, o'zbekistonlik sport muxlislari kutgan kun etib keldi.
Bugun Pekin shahri mezbonligida o'tayotgan 24-Qishki olimpiya o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasining yagona ishtirokchisi Komiljon To'xtaevning chiqishi rejalashtirilgan edi. Biroz avval hamyurtimiz ilk ishtirokini yakunladi.
To'xtaev birinchi urinishdan so'ng 54 ishtirokchi orasida 35-o'rinni egallab turibdi. Startga jami 89 tog' chang'ichi chiqqan bo'lsa, ulardan 32 nafari finishga etib kela olmagan. Yana ikki nafari umuman startga chiqmagan.
Komiljon To'xtaev peshqadam, shveycariyalik Marko Odermatga 9,84 soniya vaqtni boy bermoqda. Taxminan bir soatdan so'ng To'xtaevning ikkinchi chiqishiga guvoh bo'lamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar