12 iyu 07:46
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41833_220.jpg)
Ortis 28 iyul kuni ruminiyalik bokschiga qarshi ringga chiqadi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar Luis Ortis navbatdagi jangini 28 iyul kuni o'tkazadi.
Kubalik bokschi AQSHning Los-Anjeles shahrida ruminiyalik Razvan Kojanuga qarshi ringga ko'tariladi. Bu haqda Amerikaning Showtime telekanali xabar berdi. Aynan shu telekanal jangni translyaciya qiladi.
Oqshomning markaziy jangi esa birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'ladi. Unda engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Mayki Garsiya hamda IBF chempionlik kamari sohibi Robert Ister o'zaro to'qnash kelishadi.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Luis Ortis WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqqan va o'ninchi raundda nokaut evaziga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar