23 noy 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA
"O'shanda chekib olgandim". SHohjahonning bo'lajak raqibi uch yil oldingi holatini esladi
Yakshanba kuni hamyurtimiz SHohjahon Ergashev bilan jang qiladigan Subriel Matias uch yil oldingi mag'lubiyati haqida gapirdi.
U 2020 yilda Petros Ananyanga yutqazib qo'ygandi.
"Siz 2020 yilda ko'rgan Subriel Matiasning hozirgisiga aloqasi yo'q. Hozir men 2020 yilda Vegasda bo'lgani bilan taqqoslasak, 300 foizga tayyorman. O'shanda ko'p chekib yuborgandim. SHu sababli nimalarga qodir ekanligimni ko'rsata olmagandim. Endi esa 300 foizga tayyorman va bu erda kim chempionligini ko'rsatib, muxlislarga ajoyib shou taqdim etib bermoqchiman", - dedi Matias.
Eslatib o'tamiz, Matias - Ergashev jangi Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida, taxminan 6:30dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Fikrlar