16 iyu 10:58
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari-2018. Qozog'istonning bayroqdori bokschi bo'ladi
Osiyo Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida Qozog'iston bayrog'ini stadion uzra 21 yoshli bokschi Abilxan Amankul olib o'tadi. Ushbu tantanali marosim 18 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahridagi “Bung Karno” stadionida o'tkaziladi. Amankul 75 kg vazn toifasida ringga ko'tariladi. Ushbu vaznda Isroil Madrimov yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.
Malumot uchun, Qozog'iston terma jamoasining 419 nafar sportchisi Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan 40ta sport turining 38tasida ishtirok etadi. SHulardan 25tasi olimpiya oilasiga mansub sport turlaridir. Qita o'yinlarida jami 462ta medallar jamlanmasi uchun kurash kechadi. SHundan 332ta medallar jamlanmasi olimpiya sport turlaridan o'ynaladi.
Fikrlar