So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

12 sen 08:17
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekistonda qishki sport turlari ham rivojlanmoqda

Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bugun har jabhada bo'y ko'rsatmoqda.

Xususan, sport sohasida erishilgan yutuqlar ham tahsinga loyiq. Fikrimizga Tokio-2020 da sportchilarimiz erishgan yutuqlar,  paralimpiyachilarimiz qo'lga kiritgan medallar dalil bo'ladi.

Takidlash joizki, keyingi besh yillikda mamlakatimizda yangi sport turlarini ommalashtirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Gap shu haqda ketganida, Prezidentimizning qishki sport turlarini rivojlantirish borasidagi say-harakatlarini alohida tilga olish o'rinli. Bu borada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham bir qator amaliy ishlar yo'lga qo'yilgan. Jumladan, Prezidentimizning 2020 yil 4 fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida universitetimizda Qishki sport turlari kafedrasi tashkil etildi.

Bu kafedrada talabalar xokkey, tog'-chang'i kabi qishqi sport turlari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni qo'lga kiritmoqda. SHu maqsadda kafedrada talabalarga xokkey yo'nalishi uchun “Sport pedagogik mahoratni oshirish (xokkey)”, “Xokkey nazariyasi va uslubiyati”, Tog'-chang'i yo'nalishi uchun “Sport pedagogik mahoratni oshirish (tog'-chang'i)”, “Tog'-chang'i nazariyasi va uslubiyati” fanlaridan saboq berilmoqda.

Takidlash joizki, qishki sport turlari faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 2021-2022 o'quv yili qabulida yana ikkita yangi – Figurali uchish hamda CHim ustida xokkey yo'nalishlariga kvotlar ajratildi. Hozirda Qishki sport turlari kafedrasida 95 talaba tahsil olayotir.

Qishki sport turlarini rivojlantirish va o'zaro tajriba almashish maqsadida kafedramiz “Binokor”, “Semurg'”, “Snejniy bars” nomli xokkey klublari, Sportning qishki va murakkab turlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filiali hamda O'zDJTSU Farg'ona filiali bilan doimiy hamkorlik aloqlarini yo'lga qo'ygan.

Kafedrada xalqaro hamkorlik aloqalariga ham alohida etibor qaratilgan. Universitetda kafedra tashkil etilgandan keyin o'tgan qisqa vaqt mobaynida kafedraning 4 nafar professor-o'qituvchisi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy davlat universiteti qoshidagi “Xokkey akademiyasi” Murabbiylarni tayyorlash oliy mahorat maktabida malaka oshirib qaytdi.

2020-2021 o'quv yilida xokkey sport turi bo'yicha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Belarus davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti qo'shma fakultetining Qishki sport turlari kafedrasiga biriktirilgan uch nafar magistrant dissertaciyasini himoya qildi. SHuningdek, hamkor xorijiy oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari ishtirokida onlayn konferenciyalar, amaliy mashg'ulotlar o'tkazish ham samarali tashkil etib kelinadi.

O'zDJTSU Qishki sport turlari kafedrasi o'qituvchilari xokkey sport turiga ilmiy yondoshgan holda talabalar uchun adabiyotlar yaratish borasida ham bir qancha ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Xususan, “Zimnie vidy sporta” darsligi, “Povyshenie sportivno – pedagogicheskogo mastera (xokkey)” o'quv qo'llanmasini nashr etishga ruxsat olindi. SHuningdek, “Yosh xokkeychilarning to'g'ri ovqatlanishini tashkil etish” mavzusidagi uslubiy qo'llanma nashr etildi.

Talabalarimiz bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishi uchun kutubxonalar, muzeylar va sport klublariga tashriflar odatga aylangan. Kafedra tomonidan ikki marta “UFL” va “CHFL” musobaqalari yuqori saviyada o'tkazildi. Talabalarimiz qishki sport turlari bo'yicha o'tkazilayotgan turli musobaqalarda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib, universitetimiz shanini munosib himoya qilmoqda. 

Misol uchun, tog'-chang'i sport turi bo'yicha yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida kafedra o'qituvchisi Ibrohim Jo'raev murabbiyligida universitet sharafini himoya qilgan Arman Gayupov, Azamat Jumabaev, Atabek Saparov, SHirin Mirzalievalardan iborat talabalar umumjamoa hisobida 7 ta medalni qo'lga kiritdi. 

Maqsadimiz istedodlarni saralash va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash, qishki sport turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga etkazish. Bir so'z bilan aytganda, Yangi O'zbekistonimizning ravnaqi yo'lida o'z maqsad va vazifalarimiz qamrovini yanada kengaytirishga harakat qilamiz.

Sultonbek DAVLETMURATOV, O'zDJTSUning Qishki sport turlari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing