So’nggi yangiliklar

12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0

14 sen 17:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Taekvondo, Karate

O'zbekistonda to'rtta sport turidan selekcion musobaqalar o'tkaziladi

Teglar :  Selekcion musobaqa
Sir emaski, sportda eng yuqori cho'qqi Olimpiya o'yinlari g'olibligi hisoblanadi.

Indoneziyadagi Osiyo o'yinlari yakuniga etgach, O'zbekiston Tokio 2020 o'yinlariga tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordi. Ikki yildan so'ng o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston navbatdagi rekordlarni zabt etishga harakat qiladi. Bu yo'lda keng ko'lamdagi ishlar amalga oshiriladi. Rejalar ham katta. Jumladan, shu yilning 24 sentyabr - 7 oktyabr kunlari Milliy olimpiya qo'mitasi turli selekciya musobaqalarini tashkil qilmoqda.

Bugun ana shu musobaqa tashkiliy qo'mitasining yig'ilishi o'tkazildi. Unda ishchi guruh azolari, yakkakurash sport turlari bo'yicha federaciyalar rahbarlari ishtirok etishdi. Yig'ilish davomida to'rtta olimpiya sport turi - taekvondo WTF, boks, karate WKF va dzyudo bo'yicha selekcion turnirning tashkiliy masalalari ko'rib chiqildi.

Milliy olimpiya qo'mitasi dasturiga ko'ra, selekcion ochiq turnirlarida quyidagi sport turlari vakillari ishtirok etadilar:

Taekondo WTF bo'yicha bahslarda:

Taekvondo ITF
Taekvondo GTF
Ananaviy taekvondo
O'zbek jang sanati
Taekvondo ITF milliy associaciyasi
Junri taekvondo

Musobaqaning o'tkazilish muddati: 24-26 sentyabr


Boks:

Kikboksing
Havaskor va professional muaytay
Qo'l jangi
Ushu-sanda

Musobaqaning o'tkazilish muddati: 27 sentyabr - 1 oktyabr

Karate WKF:

Milliy karate
Ananaviy karate
SHotakan
Fudokan

Musobaqaning o'tkazilish muddati: 3-4 oktyabr


Dzyudo:

Milliy kurash
Belbog'li kurash
Jiu-jitsu
Sambo

Musobaqaning o'tkazilish muddati: 6-7 oktyabr.

Bellashuvlar Taekvondo WTF associaciyasiga qarashli "Universal” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Demak, yuqorida sanab o'tilgan sport turlaridan olimpiya yo'nalishlariga sportchilarni selekciya qilish uchun ushbu musobaqa tashkil qilinadi. Asosiy maqsad - Tokio 2020 musobaqasiga eng sara sportchilarni tanlab olish va yangi nomlarni kashf etishdir.

Malumot uchun, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov ham o'z vaqtida noolimpiya sport turi hisoblangan kikboksing bilan shug'ullangan. To'g'ri yo'lga qo'yilgan selekciya samarasi o'laroq u boks terma jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok eta boshlagan. Yakunda esa natija qanday bo'lganini juda yaxshi bilasiz. Ajab emaski, tashkil etilayotgan ushbu musobaqa bizga yangi Hasanboylarni kashf qilib bersa.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing