05 avg 09:52
Yangiliklar
O'zbekistonlik murabbiyning chempion shogirdi kutilmaganda nokautga uchradi FOTO
Oqshomning markaziy jangida o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida shug'ullanayotgan Sergey Kovalyov (32-3-1, 28KO) o'ziga tegishli bo'lgan yarim og'ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini himoya qildi.
Rossiyalik 35 yoshli chempion mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kolumbiyalik 34 yoshli Eleyder Alvares (24-0, 12KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi.
Dastlabki ikki raund tengkurashlar ostida o'tdi. SHundan so'ng Kovalyov tashabbusni o'z tomoniga og'dirib oldi. Raundlarni ketma-ket o'z foydasiga hal qildi. Lekin ettinchi raundda o'ng tomondan kuchli va aniq zarba o'tkazib yubordi va buning natijasida nokdaun holatiga tushib qoldi. Sergey jangni davom ettirdi, ammo tiklanishga ulgurmadi. Yana ikkita nokdaundan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Fikrlar